Murojaatnoma: Mahallalarda xavfsiz va barqaror muhitni shakllantirish
2026-02-03 17:30:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit, manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1 va PQ–2-sonli qarorlari bilan mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishning mutlaqo yangi, samarali va tizimli yondashuvi belgilab berildi.
Mahallalarda xavfsiz va barqaror muhitni shakllantirishda har bir fuqaroning faolligi, hushyorligi va befarq bo‘lmasligi muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, huquqbuzarliklarning oldini olish faqat davlat idoralarining sa’y-harakatlari bilangina emas, balki aholining huquqiy ongi, fuqarolik mas’uliyati, o‘zaro hamjihatligi va hushyorligi orqali samarali ta’minlanadi.
Bugungi kunda tuman hududida eng ko‘p uchrayotgan жиноятлардан бири ўғирлик жинояти бўлиб, ўтган 2025 йил давомида содир этилган жиноятларнинг 35 тасини, joriy yil yanvar oyida содир этилган жиноятларнинг 2 тасини ўғирлик жиноятлари ташкил қилмоқда.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, aksariyat hollarda ushbu jinoyatlar fuqarolarning beparvoligi, mol-mulkni yetarli darajada himoyalamaslik, uy-joy hamda xo‘jalik obyektlarida xavfsizlik choralariga rioya qilmaslik oqibatida sodir etilmoqda.
Hurmatli yurtdoshlar!
Jinoyatchilikning oldini olishga barchamiz birdek mas’ulmiz. Shu bois туманимизни jinoyatchilikdan holi hududga aylantirishga o‘z hissangizni qo‘shishingizni, mol-mulklaringizni e’tiborsiz qoldirmasligingizni so‘rab qolaman.
Yurtimizda tinch va osoyishta hayotni yanada mustahkamlash, mahallalarimizda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish yo‘lida yagona kuch bo‘lib, hamjihatlikda harakat qilaylik.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish — bu nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xizmat vazifasi, balki har bir fuqaroning konstitutsiyaviy burchi va fuqarolik mas’uliyatidir. Ogohlik, hushyorlik va o‘zaro hamkorlik jinoyatchilikka qarshi kurashishning eng ishonchli va samarali vositasidir.
Shuni unutmang: jinoyatga jazo muqarrar. Bugungi ogohlik — ertangi xavfsizligimiz, farovonligimiz va osoyishtaligimizning mustahkam garovidir.
