Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
2026-01-07 09:05:00 / Majlislar

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish — bu ma’lum bir vaqtda muayyan hududda yashovchi barcha shaxslar hamda qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar haqida keng qamrovli, aniq va ishonchli ma’lumotlarni yig‘ish, qayd etish va tahlil qilish jarayonidir.
Shahrisabz tumani hokimligi majlislar zalida Qashqadaryo viloyati Statistika boshqarmasi hamda Shahrisabz tumani hokimligi hamkorligida “Aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, maqsadi, ahamiyati va xorijiy tajriba” mavzusida korxona va tashkilotlarda ro‘yxatga olish uchun mas’ullar uchun tashkil qilingan amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminarda tuman tashkilotlari rahbarlari, mahalla yettiligi va mas’ul xodimlar ishtirok etib, Statistika boshqarmasi mutaxassislaridan ro‘yxatga olish jarayonlariga doir savollariga batafsil javob oldilar.
