“Yashil makon”: maktab hududida yuzlab daraxt ko‘chatlari ekildi!
2026-11-14 20:20:00 / Yangiliklar
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Sergeli tumani hokimi Davron Ismatov boshchiligida 47-maktab hududida ko‘kalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi.
Tadbir davomida maktab hududiga yuzlab mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Ushbu tashabbus ta’lim maskanida yashil hududlarni kengaytirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda yosh avlodda tabiatga mehr va mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi.






