Yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: muammolar tinglandi, amaliy yordam ko‘rsatildi
2026-11-12 17:20:00 / Yangiliklar
Bugun payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan, Sergeli tumani hokimi Davron Ismatov ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi “Xalq banki” ATB Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Dilshod Kutliyev bilan yosh tadbirkorlar uchrashuvi tashkil etildi.
Muloqot davomida yosh tadbirkorlarning faoliyati, biznesni rivojlantirish yo‘lidagi muammo va takliflari tinglandi. Ularning masalalari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.








