Sergeli tumani hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
2026-11-10 11:00:00 / Yangiliklar
Valixanov Firdavs Sher-Alixanovich Sergeli tumani hokimining Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Ma’lumoti oliy, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Sergeli tumani iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Firdavs Valixanovga mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz!

