Tungi nazorat: mahallalar va kommunal xizmatlar faoliyati e’tiborda
2026-11-09 23:05:00 / Yangiliklar
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida tuman hokimi Davron Ismatov tomonidan tungi nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Navbatdagi o‘rganishlar Ziynat, Sohibqiron va Yangi Sergeli mahallalarida o‘tkazilib, hududlarning umumiy holati hamda «Hayot» BSK faoliyati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida mavjud muammolarni bartaraf etish, kommunal xizmatlar faoliyatini samarali tashkil etish va aholi uchun qulay sharoit yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.



