Yog‘ingarchilik mavsumiga tayyorgarlik: nazorat tun-u kun davom etmoqda!
2026-11-09 22:40:00 / Yangiliklar
Ayni vaqtda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda yog‘ingarchilik mavsumida suv toshqinlarining oldini olish maqsadida tuman hokimi Davron Ismatov BSKlar faoliyati, navbatchilik xizmati, hududlardagi zovur, ariqlar holati hamda koʻp qavatli uylarning kirish qismini tungi vaqtda ham nazorat qilmoqda.
Nurhayot mahallasida maishiy chiqindilar bilan to‘lib qolgan ariq tozalanib, suvning erkin oqishi uchun zarur sharoit yaratildi.
Mas’ullarga hududlardagi ariqlarni doimiy nazorat qilish, suv yo‘llarini ochiq va soz holatda saqlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.




