"Yosh kitobxon oila" tanlovida gʻoliblar aniqlandi
2026-11-09 11:30:00 / Yangiliklar
Sergeli tumanida Besh tashabbus olimpiadasi doirasida yosh oilalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, oilaviy mutolaa an’analarini keng targ‘ib qilish maqsadida “Yosh kitobxon oila” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov davomida ishtirokchi oilalar o‘z bilim va salohiyatlarini, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etib, o‘zaro bellashdilar.
Tanlov yakuniy natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin — O‘zgarish mahallasi Sattorovlar oilasi;
2-o‘rin — Qut-baraka mahallasi Muxtorovlar oilasi;
3-o‘rin — Qumariq mahallasi Bo‘riboyevlar oilasi.





