Yoshlar qayerda bo‘lmasin, e’tibor markazida!
2026-11-06 18:50:00 / Yangiliklar
Tuman hokimi Davron Ismatov bugungi kunda Turkiya, Maldiv orollari, Germaniya, Janubiy Koreya, Rossiya Federatsiyasi, Misr va boshqa davlatlarda mehnat faoliyatini olib borayotgan hamda tahsil olayotgan yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi.
Suhbat davomida yoshlarning xorijdagi yashash, mehnat qilish va ta’lim olish sharoitlari, duch kelayotgan muammolari va takliflari tinglandi. Ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashilib, tegishli yo‘nalishlarda amaliy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, davlatimiz rahbari topshirig‘iga muvofiq, tuman rahbari xorijda bo‘lib turgan yoshlar bilan muntazam ravishda onlayn muloqotlar o‘tkazib, ularning holidan xabar olib kelmoqda.






