«ORIGINAL LYUKS SERVIS» MChJ obyekti tuman hokimining nazoratida
2026-10-26 16:30:00 / Yangiliklar
Sergeli tumanida joylashgan «ORIGINAL LYUKS SERVIS» MChJ tomonidan qurilayotgan turar-joy majmuasidan xonadon xarid qilgan fuqarolar, tuman rahbariyati va mas’ul idoralar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazilgan va unda qurilish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olingan edi.
Muloqotda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda jarayonni amalda kuzatish maqsadida, bugun Sergeli tumani hokimi Davron Ismatov mazkur qurilish obyektiga bir necha marta bordi.
Tuman rahbari obyektda davom etayotgan qurilish-montaj ishlarini ko‘zdan kechirib, quruvchi tashkilot vakillari va ishchi-xodimlar bilan jarayonning borishi yuzasidan muloqot qildi. Shuningdek, qurilish sur’atini yanada oshirish hamda xonadonlarni o‘z egalariga belgilangan muddatlarda va sifatli holatda topshirish bo‘yicha mas’ullarga qat’iy topshiriq hamda ko‘rsatmalar berdi.





