Yoshlar salomatligi va qizlar tarbiyasi — e’tibor markazida!
2026-10-16 12:00:00 / Yangiliklar
Sergeli tumanidagi 352-sonli umumta’lim maktabida PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda voyaga yetmagan qizlar o‘rtasida erta homiladorlikning oldini olish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Sergeli tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Jo‘rayeva, Sergeli tumani IIO FMB HPB XKMB katta inspektorlari, podpolkovnik M.Azimova va O.Ashurova, tuman bosh ginekologi P.Kashkarova, shuningdek, 50 nafar o‘quvchi qiz hamda ularning onalari ishtirok etdi.
📝Davra suhbati davomida quyidagi mavzularda fikr va mulohazalar bildirildi:
🔵Qiz bola tarbiyasida oila va mahallaning o‘rni, ota-onalarning mas’uliyati;
🔵Erta turmush va erta homiladorlikning oldini olish, ularning salbiy oqibatlari;
🔵Qizlar salomatligini asrash, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish hamda kelajak uchun mas’uliyatli qarorlar qabul qilish.



