Qumariq mahallasida yangi ekologik dam olish maskani barpo etilmoqda
2026-10-16 17:00:00 / Yangiliklar
Sergeli tumani hokimi Davron Ismatov Qumariq mahallasida barpo etilayotgan sun’iy ko‘l va ekologik dam olish maskanida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
✅ Umumiy maydoni 5 gektarni tashkil etuvchi loyiha doirasida 17 ming kvadrat metr maydonda sun’iy suv havzasi barpo etilmoqda. Shuningdek, hududda bolalar maydonchalari, shiyponlar va barbekyu zonalarini tashkil etish, quyosh panellari hamda suvni tozalash va ozonlash tizimlarini o‘rnatish rejalashtirilgan.
📊 Bugungi kunga qadar qurilish ishlarining 30 foizdan ortig‘i bajarilgan. Ayni paytda konstruksiyani armaturalash va mustahkamlash, shuningdek, tirgak devorini qurish ishlari olib borilmoqda.
Tashrif davomida loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirilib, qurilish jarayoni va belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi.
🌿 Mazkur maskan foydalanishga topshirilgach, aholi uchun maroqli hordiq chiqarish, sayr qilish va sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlari yaratiladi.




