Sergelida bolalar masalalari bo‘yicha komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
2026-10-16 15:30:00 / Yangiliklar
Sergeli tumani hokimligida Bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidagi masalalar doirasida voyaga yetmaganlarning ta’lim-tarbiyasi va huquqbuzarliklar profilaktikasi bilan bog‘liq quyidagi holatlar ko‘rib chiqildi:
🟦6 nafar o‘quvchini qayta ta’limga jalb etish;
🟦7 nafar o‘quvchini o‘quvchilar safidan chiqarish;
🟦2 nafar o‘quvchiga nisbatan jamoat tarbiyachisi tayinlash;
🟦4 nafar o‘quvchi tomonidan sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarlik holatlari.
📌 Muhokamalar yakunida har bir holat bo‘yicha qonun doirasida tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.
Komissiyaning asosiy maqsadi — voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning sifatli ta’lim olishlari uchun munosib sharoitlarni ta’minlashdan iborat.
