Sergelida “Gender tenglik faoli” milliy tanloviga nomzodlar hujjatlari ko‘rib chiqildi
2026-10-02 10:30:00 / Yangiliklar
Sergeli tumanida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovida ishtirok etish istagini bildirgan tashkilot va muassasalar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar tuman komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi.
Tanlov doirasida quyidagi tashkilotlarning faoliyati o‘rganildi:
Sergeli tumani tibbiyot birlashmasi, tuman maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti, “Inson” ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markazi, Toshkent Ijtimoiy innovatsiya universiteti, 300-umumta’lim maktabi, Biznesni rivojlantirish banki Sergeli tumani filiali, “Global” Medical Center, “Saff Textile” ishlab chiqarish korxonasi.
📌 Komissiya tomonidan tashkilotlarda gender tenglik tamoyillarini mustahkamlash, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash, mehnat va ijtimoiy muhitda tenglikni qaror toptirish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, ishtirokchilarning bu yo‘nalishdagi amaliy tashabbuslari, yaratilgan shart-sharoitlar va erishilgan natijalarga alohida e’tibor qaratildi.




