Sergeli tumanining "O‘zgarish" mahallasiga Qozog‘iston Respublikasidan delegatsiya tashrif buyurdi.
2026-09-17 11:00:00 / Yangiliklar
Tashrif davomida delegatsiya a’zolariga Sergeli tumanidagi mahallalar faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi hamda «mahalla yettiligi» faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
👍 Tuman faoliyati bo‘yicha delegatsiya a’zolariga O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i Furqat Mahmudxo‘jayev hamda Sergeli tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Akmal Jumaboyev tomonidan taqdimot o‘tkazilib, mahalla tizimida amalga oshirilayotgan ishlar va amaliy tajribalar haqida tushuncha berildi.
👍 Shuningdek, delegatsiya a’zolari Sergeli tumani hokimligining Vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishdilar. Ularga markazda joriy etilayotgan innovatsion loyiha imkoniyatlari namoyish etildi.
Jumladan, onlayn kameralar orqali hududlarni kuzatish, maktablarda davomatni monitoring qilish, favqulodda vaziyatlar holatini nazorat qilish hamda zarur ma’lumotlarni yagona baza orqali tezkor olish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
👍 Tashrif yakunida o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi, milliy an’ana va qadriyatlari ham namoyon etildi. Delegatsiya a’zolariga milliy taomlarimiz, urf-odat va an’analarimiz aks etgan ko‘rgazma taqdim etildi.










