Payshanba — rahbar va yoshlar kuni: Sportchi yoshlar e’tiborda!
2026-09-10 12:30:00 / Yangiliklar
"Payshanba — yoshlar bilan ishlash kuni" munosabati bilan tuman Bolalar sport maktabida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Akmal Jumaboyev hamda hokim o‘rinbosari Mels Toshov ishtirokida sportchi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Prezidentimiz tashabbusi bilan ilgari surilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning Respublika bosqichida yengil atletika sport turi bo‘yicha 22–26 yoshli erkaklar o‘rtasida 400 metr masofaga yugurish bahslarida Sergeli tumani vakili Salikulov Sohibjon faxrli 3-o‘rinni egallagani munosabati bilan tantanali ravishda taqdirlandi.
👍 Muloqot doirasida tuman mutasaddilari sport maktabida yoshlar va sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar va zamonaviy qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar hamda ularning kelgusi g‘alabalari uchun zarur qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini muhokama qildilar.








