"Kitobxon Toshkent" karvoni Sergeli tumanida!
2026-09-10 12:00:00 / Yangiliklar
Toshkent shahar hokimligi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent shahar bo'limi hamkorligida o‘tkazilayotgan "Kitobxon Toshkent" loyihasi doirasidagi ma'rifiy karvon Sergeli tumanidagi 104- va 68-sonli umumta'lim maktablariga yetib bordi.
🟠 Ushbu aksiya doirasida amalga oshirilgan ishlar:
🔸1 000 tadan kitob to‘plami: Shahrimiz bo‘yicha 20 ta saralangan maktabga 1 000 tadan sifatli va boy adabiyotlar to‘plami tuhfa qilindi.
🔸Sergeli maktablari e'tiborda: Tumanimizdagi 104- va 68-sonli maktablar ham ushbu tashabbus doirasida yangi adabiyotlar to‘plamini qabul qilib oldi.
🔸Kutubxona fondi boyidi: Bu tashabbus yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini oshirish, maktablarda kitobxonlik muhitini kengaytirish hamda kutubxona fondini zamonaviy va sara asarlar bilan boyitishga xizmat qiladi.
Kitob — ziyo va ma'rifat manbai. Yangi kitoblar o‘quvchilarimizning dunyoqarashini boyitish yo‘lida ajoyib tuhfa bo‘ldi!





