Sergeli tumani hokimligida fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi
2026-08-19 15:00:00 / Yangiliklar
Aholining murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynayotgan muammolarga tezkor va samarali yechim topish maqsadida Sergeli tumani hokimligi qabulxonasida tuman hokimi o‘rinbosari Oʻtkir Mahkamov ijtimoiy masalalar bo‘yicha fuqarolar qabulini o‘tkazdi. Tuman aholisidan kelib tushgan turli mazmundagi murojaatlar atroflicha o‘rganib chiqildi va ijrosi boʻyicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.



