Sergeli tumanida Xitoy investitsiyasi ishtirokida zamonaviy kottejlar shaharchasi barpo etiladi
2026-06-16 12:25:00 / Yangiliklar
Sergeli tumanining xorijiy investorlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalari jadal kengayishda davom etmoqda. Tumanimiz infratuzilmasini yanada rivojlantirish va aholi uchun zamonaviy turar joy majmualarini yaratish yoʻlida navbatdagi yirik qadam tashlandi.
👍 Sergeli tumani hokimi Davron Ismatov Xitoyning nufuzli “Green Town Property Development Co. LTD” kompaniyasi taʼsischisi Hu Yaobin boshchiligidagi delegatsiya vakillarini qabul qildi.
Uchrashuv doirasida tomonlar Sergeli tumanida eng zamonaviy shaharsozlik andozalariga mos keladigan shinam kottejlar shaharchasini qurish loyihasi boʻyicha kelishuvlarni rasman imzoladilar.
Mazkur kelishuv doirasida tez fursatlarda hududda qurilish ishlariga start beriladi.
👍 Sergeli tuman hokimligi tuman koʻrkiga koʻrk qoʻshish va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladigan har bir istiqbolli xorijiy loyihani har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildiradi.




