Toshkent V xalqaro investitsiya forumi: Sergeli tumanida yangi investitsiya loyihasi amalga oshiriladi!
2026-06-16 11:25:00 / Yangiliklar
Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan nufuzli Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Sergeli tumani hokimligi va xorijiy hamkorlar o‘rtasida istiqbolli kelishuvga erishildi.
Tadbir davomida Sergeli tumani hokimi Davron Ismatov hamda Singapurning "TASCA" kompaniyasi bosh ijrochi direktori Adam Podgórski o‘rtasida rasmiy shartnoma imzolandi.
Kukun metallurgiyasini rivojlantirish va kritik minerallar sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish loyihaning umumiy qiymati 15 million AQSh dollarini tashkil etadi.
👍 Mazkur investitsiya loyihasi tumanda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, sanoat salohiyatini oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga xizmat qiladi. Sergeli tumani hokimligi xorijiy investorlar uchun qulay sharoitlar yaratish va loyihani muvaffaqiyatli ishga tushirish uchun barcha choralarni ko‘radi.


