Toshkent V Xalqaro Investitsiya Forumi: "Yangi avlod" maxsus sanoat zonasida yangi yirik loyihaga start berildi!
2026-06-18 16:20:00 / Yangiliklar
Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan nufuzli xalqaro forum doirasida Sergeli tumanining sanoat salohiyatini yangi bosqichga olib chiqadigan navbatdagi hamkorlik shartnomasi imzolandi va loyihani amalda tatbiq etishga rasman start berildi. Sergeli tumani hokimi Davron Ismatov hamda "Yangi avlod" maxsus sanoat zonasi bosh direktori F.Abdusalomov xorijiy hamkor tashkilot vakillari bilan uchrashib, umumiy qiymati 3,1 million AQSh dollariga teng bo‘lgan shartnomani rasmiylashtirdilar.
Ushbu kelishuvga muvofiq, "Yangi avlod" maxsus sanoat zonasi hududidagi 3 gektar maydonda metallkonstruksiyalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zamonaviy korxona barpo etiladi. Mazkur yirik loyihaning ishga tushirilishi mamlakatimiz qurilish sanoati uchun sifatli mahsulotlar yetkazib berish bilan bir qatorda, tumanda yangi ish o‘rinlarini yaratish va hudud iqtisodiyotini jadal rivojlantirishga xizmat qiladi.
