Yoshlar bilan ochiq muloqot
2026-08-13 15:00:00 / Yangiliklar
Bugun Sergeli tumani hokimi Davron Ismatov yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
Muloqot davomida yoshlarning kundalik hayoti, kelajakdagi maqsadlari, qiziqishlari hamda amalga oshirmoqchi bo‘lgan tashabbuslari haqida fikr almashildi. Yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar qayd etilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.
Shuningdek, yoshlarning yangi g‘oya va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarish uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga ham e’tibor qaratildi.



