Bugun Sergeli tumani hokimi Davron Ismatov tumanda istiqomat qilayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi.
2026-08-06 10:45:00 / Yangiliklar
💬Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari, ularni qiynayotgan dolzarb masalalar hamda kelgusidagi reja va g'oyalari tinglandi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli mas'ullarga aniq vazifalar belgilandi va ularni bosqichma-bosqich hal etish bo'yicha zarur choralar ko'rilishi ta'kidlandi.
👨🎓Shuningdek, yoshlar bilan ta'limning ahamiyati yuzasidan ham samimiy suhbat o'tkazildi. Ularga o'qish davridan unumli foydalanish, darslarga muntazam qatnashish, a'lo baholarga o'qishga intilish hamda bilim va salohiyatini doimiy ravishda oshirib borish bo'yicha tavsiyalar berildi.







