Hududda atrof-muhit haqida ma’lumotlar
Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish
va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan 2025 yil davomida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar to‘g‘risida
MA’LUMOT
1. Yashil makon loyihasi doirasida.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2025-yil bahor 10,2 mln. tup va kuz mavsumida 10,2 mln. tup manzarali va mevali daraxt hamda butalar ko‘chatlarini, qalamchalarini ekish manzilli dasturiga dasturi tasdiqlanib, vazirlikka taqdim etilgan.
Dasturga muvofiq 2025 yil bahor va kuz mavsumlarida 29 mln. tup ko‘chat zaxirasi yaratildi.
2025-yil bahor mavsumida 11 mln. 602 ming tup (113 foiz) mevali, manzarali hamda buta ko‘chatlari ekildi. “Yashil makon.eco” platformasiga kiritilib tasdiqlangan.
2025-yil kuz mavsumida manzarali va mevali daraxt hamda butalar ko‘chatlarini, qalamchalarini ekish manzilli dasturi qaytadan ko‘rib chiqilib prognoz ko‘rsatkichlari 10,2 mln. tup etib belgilanib, joriy yilning kuz mavsumida 10 mln 309 ming tup (101,7%) mevali, manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekildi. Jami bahor va kuz mavsumlarida 21 mln 911 ming tup ko ‘chatlar eklilgan.
Samarqand, Kattaqo‘rg‘on shaharlari atrofida “Yashil belbog‘”lar tashkil etish bo‘yicha Samarqand shahri Xishrav qo‘rg‘onidan o‘tuvchi Samarqand tumani bildan tutash hudud aylanma avtomobil yo‘li, Samarqand, Nurobod tumanlari hududidan o‘tuvchi A378 Samarqand-Qarshi avtomobil yo‘lining Samarqand, Nurobod tumanlari hududida, Kattaqo‘rg‘on shahrida Juma-Kattaqo‘rg‘on avtomobil yo‘li yoqalariga 12 mingdan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Sanoat korxonalari tomonidan o‘z va tutash hududlarida “Yashil belbog‘”lar tashkil etilishi bo‘yicha sanoat korxonalar tomonidan jami 757 ming dona (80 %) ko‘chatlar ekildi.
Viloyat hududidagi Davlat o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan
2025-yil bahor mavsumi 412,63 gektar maydonda 436,4 ming tup (105,8%) manzarali va mevali daraxt hamda butalar ko‘chatlari ekildi.
Kuz mavsumida 436,95 ming tup ko‘chat ekildi.
Vazirlar Maxkamasining 156-sonli qaroriga asosan “Mening bog‘im” loyihasi doirasida 16 ta tuman va shaharlari hududidan 50 ta 31,9 gektar yer maydonlar tanlanib, open buyudjet portaliga joylashtirish uchun vazirlikka taqdim etildi.
16 ta tuman va shaharlari hududidan 17,29 gektar yer maydonlarida “Yashil bog‘” tashkil qilish bo‘yicha ochiq (open) buyudjet elektron portali orqali g‘oliblar tanlandi. Belgilangan tartibda shahar va tumanlar Xalq deputatlari Kengashlarining qarorlari qabul qilindi.
Bugungi kunda “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan g‘olib deb topilgan loyihalarga loyiha-smeta xujjatlari ishlab chiqilgan, davlat Ekologik ekspertiza xulosalari olingan. Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish uchun arxitektura rejalashtirish topshiriqnomalari tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, viloyatning har bir tuman va shaharlarida “yashil bog‘” barpo etilgan.
Ekilgan daraxtlarni parvarishlash tizimini yaratish uchun
72 ming gektarda tomchilab sug‘orish tizimi tashkil qilindi.
2. Huqubuzarliklar profilaktikasi:
2025-yil davomida o‘tkazilgan profilaktika profilaktika nazorat tadbirlar-reydlar natijasida aniqlangan qonunbuzarlik holatlari yuzasidan 4396 nafar mansabdor shaxs va fuqarolarga 9 mlrd. 993 mln. 052,9 ming so‘m ma’muriy jarima belgilanib, 4 mlrd. 069 mln. 215,8 ming so‘m undirildi.
318 ta holatda 1 mlrd. 767 mln. 288 ming 814 so‘m tabitga yetkazilgan zarar aniqlangan, 613 mln. 904 ming 524 so‘m zarar undirilgan.
548 ta ma’muriy ish 1 mlrd. 524mln. 383 ming so‘m jarima majburiy undirishga qaratilgan, MIB tomonidan 164 ta ma’muriy ish ijro etilgan
234 mln. 46,9 ming so‘m jarima davlat foydasiga undirilgan.
MJtKning 3321-moddasi tartibida 50, 70 foizli chegirmalar asosida
3 mlrd. 834 mln. 403,5 ming so‘m jarima summasi (37 foiz) yo‘qotilgan.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt va buta ko‘chatlarini parvarishini nazorat qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ekologik nazorat (profilaktika) tadbirlari davomida aniqlangan 238 ta huquqbuzarliklarga 918 mln. 820 ming so‘m ma’muriy jarimalar belgilanib, 399 mln. 639 ming so‘m undirildi.
MJtKning 3321-moddasi tartibida 50, 70 foizli chegirmalar asosida 380 mln. 051 ming so‘m yo‘qotilgan.
Prokuratura organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlarda qum-shag‘al aralashmasini qazib olish va qayta ishlash bilan shug‘allanuvchi 20 ta tadbirokrlik sub’ektlarida qonun talablarini qo‘pol ravishda buzish holatlari yuzasidan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.
Bugungi kunda 6 ta holatda jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar vakolati bo‘yicha 56 ta ma’muriy ish sudda ko‘rib chiqilgan, 27 nafar mansabdor shaxs va fuqaroga nisbatan 50 mln. 244 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan, 12 mln. 375 ming so‘m davlat foydasiga undirilgan. 1 ta ma’muriy ish bo‘yicha ogohlantirilgan. 10 ta ma’muriy ish MJtKning 271-moddasi tartibida tugatilgan.
Davlat ekologik ekspertizasi xulosalarining kameral monitoringi natijasida ekologik ekspertizasi xulosalari muddati o‘tgan 256 ta sub’ektlarga ogohlantirish xatlari berildi.
3. Ekologiya jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish:
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish bo‘yicha 2025 yil davomida
jami 37 mlrd 673 mln. so‘m (145 foiz) mablag‘ undirilgan (prognoz 26 mlrd 760 mln so‘m.)
Shundan, kompensatsion to‘lovlar 26 mlrd 212,2 mln. so‘m, jarima va zararlar 11 mlrd 788,4 mln. so‘mni tashkil qiladi.
Viloyat Soliq boshqarmasi bilan xamkorlikda 19583 ta subektlar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-sentabrdagi 541-sonli qaroriga asosan toifalarga ajratilib xatlov ishlari amalga oshirilib, 15122 ta faol, 899 ta tugatilgan,
125 ta bankrot, 1810 ta faoliyat ko‘rsatmayotgan va 1627 ta boshqa korxonalar tarkibiga kiruvchi subektlarga ajratib olindi.
933 ta xo‘jalik yurituvchi subektlarning kompensatsiya to‘lovlaridan mavjud 5 mlrd. 761 mln so‘m qarzdorliklarini undirish yuzasidan davo arizalar kiritish bo‘yicha talabnoma va ogohlantirish xatlari berildi.
667 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kompensatsiya to‘lovlaridan
24 mlrd. 123,5 mln so‘m qarzdorligi bo‘yicha iqtisodiy sudga yuborilgan. 2024 yilda iqtisodiy sudlar qarori asosida MIB orqali 112 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan 251,8 mln so‘m kompensatsiya to‘lovlaridan qarzdoriliklar undirilgan.
4. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida.
Atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha 1 va 2 toifaga mansub 10 ta korxonalarida chang-gaz tozalash uskunalarini modernizatsiya qilish ishlarini amalga oshirish belgilab olingan.
Amalda, 20 ta sanoat korxonalar da jami 35 ta ustuvor turg‘un manbalarga yuqori samaradorlikka ega chang-gaz tozalash uskunalari modernizatsiya qilingan.
“JOMBOY YASHIL CHIROQLARI” MCHJ, “URGUT TEXTILE SHIFER” MCHJ, “ANISA FAYZ” MChJ, “FARXOD ShIFER” MCHJ, “NAVOIYURAN” DUK Nurobod ICHMB PQ va MICh, “CHORDARA QURILISh” MChJ, “MARAKAND SIFAT TEKSTIL” MCHJ, “SAMARQAND KAMALAK INVEST TEKSTIL” MCHJ, “MARAQAND SIFAT” MCHJ, “SIYOB SHAVKAT ORZU” FXga qarashli parrandachilik korxonasida, “PET AGRO OIL” MChJ, “NEW TECH SAMARKAND” MCHJ, “ALIShER U DEVELOPER COMPANY” MCHJ, “MADINA SAVDO BELGISI” X.Klarda chang-gaz tozalash uskunalari samaradorligi 95 foizdan yuqori bo‘lgan uskunalari modernizatsiya qilingan.
“ZIRABULOQ MAGISTRAL GAZ QUVURLARI BOSHQARMASI” UК 2 ta chang-gaz tozalash uskunalari modernizatsiya qilingan va 98,5 foiz yuqori samaradorlikka erishilgan,
“MASTER HAUSE GOLD” MCHJ 2 ta chang-gaz tozalash uskunalari modernizatsiya qilingan va 98,7 foiz yuqori samaradorlikka erishilgan.
Bundan tashqari, 4 ta yangi ishga tushirilgan korxonalarda “SAMARQAND AFRASIYOB CEMENT” MChJ QKda 4 ta, “ASL KATTAQO‘RG‘ON YOG‘-YEM” MCHJ 7 ta, “SHAG‘ALSOY BIZNES” MChJ 4ta MAROQAND SEMENT INVEST” MCHJ 4 ta 99,5 foiz samaradorlikka ega chang-gaz tozalash uskunalari o‘rnatilgan.
Chang gaz tozalash uskunalari modernizatsiya qilish va o‘rnatish natijasida 670 tonna tashalmalar kamaytirilgan.
“Toza havo” tadbirlarini 1 va 2-bosqichi davomida jami 34261 ta avtotransport vositasi nazoratdan o‘tkazilib, 288 ta avtotransport vositasini belgilangan me’yoridan ortiqligi sababli vaqtincha to‘xtatilib, YHXB davlat inspektorlari tomonidan fuqorolarga nisbatan 53 mln. 074,5 ming so‘m ma’muriy jarima qo‘llanilgan.
Viloyat hududida 215 ta avtransport vositasi suyultirilgan gaz va
168 tasi siqilgan tabiiy gazga o‘tkazilishi natijasida atmosfera havosiga
68,91 tonna zararli gazlarni tashlanishi kamaytirildi.
5. Bioxilmaxillik resurslarini muhofaza qilish:
Yovvoyi dorivor va ozuqabop o‘silmliklarni yetishtirish bo‘yicha 6 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan tashkil qilingan plantatsiyalari ro‘yxatga olingan.
(Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Kenjabob” fermer xo‘jaligi tomonidan tojik kovragini yetishtirish uchun jami 214,3 gektar yermaydon ajratilgan bo‘lib, hozirgi kunda 100 gektar yer maydonidan tojik kovragi ekilgan hamda Urgut tumanida joylashgan “Davlatnazar Sunnatullo” fermer xo‘jaligi tomonidan 3 gektar va “Asilbek Ikrom yashil bog‘lari” fermer xo‘jaligi tomonidan 3 gektar yer maydonida xamda 2023 yilda “Samferula Cluster” MChJ tomonidan 2343 gektar yerga kovrak va “Alixon organic agro” XK tomonidan 10 gektar achiq bodom, “Bahrom bobo Vafoqulov” MChJ tomonidan 8 gektar namatak plantatsiyalar tashkil qilingan).
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 fevraldagi 86-sonli qarorining
15-ilovasiga asosan “Litsenziya” axborot tizimi (“Litsenziya”AT) orqali orqali 99 ming 398 tup daraxt va butalarni kesish uchun kelib tushgan 2110 ta murojaat o‘rganilgan. Shundan, 1642 ta murojaatga rad javobi berilgan
86 ming 762 tup daraxtlar saqlab qolingan, shundan 2171 tup qammatbaxo daraxtlar xisoblanadi.
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni xatlov o‘tkazish hamda ularning reestrlarini shakllantirish bo‘yicha 97 ming 207 tup daraxtlar “Yashil makon” elektron platformaga kiritilib daraxlarni elektron pasporti shakillantirildi.
6. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlar:
Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida qamrov darajasi 99,5 foizga yetkazilgan.
Hisobot davrida maishiy chiqindilarni qayta ishlovchi 19 ta korxonalar tomonidan 39468 tonna (polimer, qog‘oz, polietilen, PET) chiqindalar qayta ishlangan.
Gat platformasida “UZKOCMOC” aniqlangan noqonuniy chiqindi to‘plangan maydonlar bo‘yicha o‘rganish natijalarida Samarqand viloyati hududida aniqlangan 135 ta xolat yuzasidan tuman (shahar) davlat inspektorlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib hozirgi kunda 44 ta hudud o‘rganib chiqilib 14 nafar fuqaroga nisbatan 12 mln. 936 ming so‘m ma’muriy choralar ko‘rilgan.
2025-yilda belgilangan tadbirlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 24-martdagi PF-56-son Farmoni 3-ilovasi “2025-2027 yillarda chiqindilarni to‘plash, saralash, zararsizlantirish, qayta ishlash, yoqish, utilizatsiya qilish va ularni yo‘q qilish bo‘yicha ekosanoat zonalarini tashkil etishningg manzilli ro‘yxati”da Samarqand shahrida 15 gektar yer maydonida amalga oshirish belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 24-martdagi
PQ-118-sonli qarorida belgilangan Xitoy Xalq Respkblikasining “Sanghai SUS Enveronment” kompaniyasi tomonidan 150 mln. AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etgan holda kuniga 1,5 ming tonna chiqindilarni termik qayta ishlab, 240 mln. KVt elekt energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan uskunalar ishga tushirish loyihasini amalga oshirish ishlari boshlanib, qurilish ishlari olib borilmoqda.
7. Suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish sohasi.
Viloyat hududida 81,5 gektar buzilgan yer maydonda rekultivatsiya qilish belgilangan, amalda 23 ta tomonidan 189,61 gektar yer maydonda rekultivatsiya qilish ishlari amalga oshirilgan.
Viloyat hududida 4 ta sanoat korxonalarida lokal oqova tozalash inshootlarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish chora-tadbirlariga asosan “UZBAT” AO QK Urgut tuman filiali lokal oqova tozalash inshootida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda.
3 ta sanoat korxonasida jumladan, Paxtachi tumanida “Paxtachi Rodnik Yog‘” MChJ, Samarqand shahrida “Samarqand avtomobil zavodi” MChJ hamda Urgut tumanida “Urgut EIZ” direksiyasida joriy yilning yakuniga qadar lokal oqova tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilish ishlarini amlga oshirish belgilangan.
Shahar va tumanlar hududida aylanma suv tizimi mavjud bo‘lmagan
121 ta avtomobil yuvish shoxobchalari xatlovdan o‘tkazilib, ogohlantirish xatlari va majburiy talabnomalar berildi.
Qabul qilingan Farmon va Qaror talablarini tushuntirish, targ‘ibot ishlari amalga oshirilib borilmoqda.
8. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi
Atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi manbalar monitoringi IMM (MIZ) dasturi asosida jami takroriy bilan 351 ta ob’ektlarning 559 manbalardan namunalar olindi, 4847 ta tahlillar bajarildi, shundan 4 ob’ekt IMM dasturi bo‘yicha 5 manbalaridan namunalar olindi va 11 ta tahlillar va IMM dasturidan tashqari 347 ta ob’ektdan jami 554 manbalardan namunalar olindi va 4836 ta tahlil ishlari bajarildi.
Amalga oshirilgan tahlillar natijasida viloyatda ekologik ahvolning
2024 yilga nisbatan deyarli o‘zgarishi kuzatilmadi.
Atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha 1-2-toifaga mansub korxonalarda avtomatlashtirilgan monitoring tizimlarini tashkil etish bo‘yicha 19 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga murojjat etilgan.
“CHINA ENERGI INTERNATIONAL GROUP SAMARQAND sement” MChJ tomonidan avtomatlashtirilgan monitoring tizimlarini tashkil etish bo‘yicha zamonaviy avtomatltishtirilgan monitring stansiyasi o‘rnatildi. Boshqarma tomonidan korxonaga atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining yagona ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish uchun vazirlik Situatsion markazining tegishi hujjatlari taqdim etilgan.
9. OAV lar va Targ‘ibot ishlari bo‘yicha.
2025 yil davomida (30.12.2025 yil holati) davomida kuniga qadar ommaviy axborot vositalarida jami 3577 marotaba chiqishlar qilindi.
Shundan,
- radio 132 ta,
- bosma matbuot 103 ta,
- respublika va mahalliy televideniyada 187 ta,
- ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlar 3057 dan ortiq,
- 27 ta matbuot anjumanlari,
- 71 ta ko‘rsatuvlar
Shunindek, 24 dan ortiq videoroliklar tayyorlanib ijtimoiy tarmoqlarlarga joylashtirildi hamda mahalla va ta’lim muassasalarida ekologik madaniyatini oshirish maqsadida 1125 ta uchrashuvlar, seminar va davra suhbatlari o‘tkazilib targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilib, mahalliy va markaziy OAVlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.05.2025-yildagi PQ-184-son qarori ijrosini ta’minlash maqqsadida Oliy ta’lim muassasalarida talabalarda ekologik madaniyatni yuksaltirish yuzasidan targ‘ibot tadbirlari va seminarlar tashkil etildi.
Viloyat hokimligi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi Samarqand viloyati Kengashi bilan hamkorlikda davlat organlari va 156 ta boshqarma, korxona va tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlarining ekologik bilimlarini oshirishga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi.
“Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha O‘quv kursi”da ekologiya sohasi yo‘nalishida MFY rasilari guruhlari uchun malaka oshirishni tashkil etilib, bugungi kunda 200 ta MFY raislari bilan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
10. Ekologik ekspertiza
“Davlat ekologik ekspertiza markazi” Samarkand viloyat filiali tomonidan 30.12.2025 yil holatiga 3978 ta loyiha hujjatlari ko‘rib chiqilgan. Shundan, 3372 ta qurilishga oid va 306 ta me’yoriy hujjatlar. Shundan, 256 ta me’yoriy hujjatlar shundan, 132 ta atmosfera havosiga tashlamalar me’yori (PDV), shundan 42 tasi 2-toifali, 124 ta hosil bo‘ladigan ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarni joylashtirish limit loyihasi (PDO), shundan 40 tasi
2-toifali ob’ektlar hamda 50 ta ekologik oqibatlar loyixasi (ZEP) loyihasi ko‘rib chiqilib tegishli xulosalar berilgan.
338 ta qurilishga oid loyiha tabiatni muxofaza qilish talablari asosida to‘liq bo‘lmaganligi sababli qayta ishlanib, xulosa berilgan.
