Hududda ijtimoiy himoya ma’lumotlar
Ijtimoiy himoya bo‘yicha 2025-yilda
amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
MA’LUMOT
Inson qadrini ulug‘laydigan, hech bir fuqaroni davlat g‘amxo‘rligidan mahrum etmaydigan tizim - bu ijtimoiy himoya tizimidir. U faqat ehson yoki moddiy ko‘mak emas, balki inson huquqlari, tenglik va adolatning amalda qaror topishidir.
Har qanday davlat siyosatining eng muhim mezoni - fuqaro manfaati, inson qadri va xalq farovonligidir. Ijtimoiy himoya esa aynan mana shu mezonni amalda ta’minlaydigan muhim tizim bo‘lib, jamiyatdagi ijtimoiy muvozanatni ta’minlovchi muhim mexanizmdir.
Inson qadrini ulug‘laydigan, hech bir fuqaroni davlat g‘amxo‘rligidan mahrum etmaydigan tizim - bu ijtimoiy himoya tizimidir. U faqat ehson yoki moddiy ko‘mak emas, balki inson huquqlari, tenglik va adolatning amalda qaror topishidir.
Mazkur soha 2023-yilda Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan isloh qilinib, aholini manzilli himoya qilishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi, ushbu davlat siyosatini yuritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi (shuningdek, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar)larda «Inson» markazlari) tashkil etildi.
Mahalla yettiligi tarkibiga ijtimoiy xodimlar kiritilganligi sababli, 121 ta (o‘tgan yili 49 ta edi) ijtimoiy xizmatlar mahalla darajasiga tushirilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining 85 foiz muammolarini mahallaning o‘zida hal etish imkoniyati yaratildi.
Joriy yilning 1-yanvar holatiga ijtimoiy himoyaga muhtoj
12 toifadagi 205 268 ta oilalar bilan (bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan (215 835 ta) 10 567 nafar yoki 4,9 foizga kamaygan) manzilli ishlar olib borilmoqda. (205 268 ta - 12 ta toifasi quyida keltirilgan)
69 358 nafari - kam ta’minlangan oilalar;
111 055 nafari - nogironligi bo‘lgan shaxslar, og‘ir kasallikka chalinganlar, shuningdek, jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar
2 254 nafari - o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar;
4 933 nafari - tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari, shuningdek odam savdosidan jabr ko‘rganlar;
1 173 nafari - yetim, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan hamda to‘liq bo‘lmagan oilalardagi bolalar;
12 559 nafari - ota-onasi xorijiy davlatlarga ketgan, shu jumladan tashqi mehnat migratsiyasiga ketgan bolalar;
3 061 nafari - ota-ona qaramog‘isiz, qarovsiz va nazoratsiz qolib ketgan bolalar;
47 nafari - texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favquloddagi vaziyatlardan jabrlangan shaxslar;
416 nafari - ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolar;
405 nafari - muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar;
1 nafari - voyaga yetmagan (18 yoshgacha bo‘lgan) onalar va otalar;
6 nafari - ota-onalik huquqidan mahrum etilmasdan farzandlari olib ketilgan
ota-onalar.
***
Nogironligi bo‘lgan shaxslar soni 111 055 nafarga yetib, ularning:
- 14 524 nafari reabilitatsiya vositalari va protez ortopediya moslamalari bilan ta’minlandi;
- 8 387 nafari qarovchilariga parvarishlash nafaqasi tayinlandi;
- 2 726 nafari viloyat nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazida davolandi;
- 7 940 nafarini tuman (shahar) Tibbiyot birlashmalarida tashkil etilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish bo‘limlarida davolash choralari ko‘rildi.
- 672 nafari to‘liq reabilitatsiya (sog‘lomlashtirildi) qilindi;
- 2 399 nafari qisman reabilitatsiya (sog‘lomlashtirildi) bo‘ldi;
- 12 513 nafari bandligi ta’minlandi;
- 5 320 nafari adaptiv sportga jalb qilindi.
***
Voyaga yetmagan 12 953 nafar bolalar ijtimoiy himoyaga olinib, ularning:
- 8 857 nafari vasiylar tomonidan tarbiyalanmoqda.
- 3 702 nafari homiylikka olingan;
- 222 nafari farzandlikka berilgan;
- 150 nafari ijtimoiy muassasalarga joylashtirilgan;
- 22 nafari patronat (oila)da parvarish qilinmoqda;
- 3 930 nafar nogiron bolalar ta’lim olishi uchun (PTPK komissiyasi) yo‘llanma berildi.
- 343 nafar nogironligi bo‘lgan bolalar inklyuziv sinflarda ta’lim bilan qamrab olindi;
- 105 nafar nogironligi bo‘lgan bolalar maktabgacha ta’lim muassasa-larida ochilgan inklyuziv guruhlarga jalb qilindi.
- 506 nafar ta’limga layoqatsiz nogironligi bo‘lgan bolalar uchun 23 ta tadbirkorlar tomonidan 59 ta guruhlar tashkil etilib, kunduzgi parvarish xizmati ko‘rsatilmoqda.
***
Yolg‘iz (yashovchi) 2 254 nafar keksalar himoyaga olingan ularning:
- 1 160 nafariga kompensatsiya tayinlandi;
- 19 040 ta ijtimoiy, psixologik, yuridik va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatildi.
"Faol hayotga qadam" dasturi bo‘yicha xususiy sektorni jalb etgan holda:
- 26 ta tadbirkorlar tomonidan 2 301 nafar ehtiyojmand, parvarishga muhtoj fuqarolarga ijtimoiy-maishiy xizmatlar ko‘rsatildi;
- 18 ta tadbirkorlar tomonidan 203 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj fuqarolarga qarab turish xizmatlari ko‘rsatildi;
- 16 ta tadbirkorlar tomonidan 820 nafar parvarishga muhtoj fuqarolarga tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlar ko‘rsatildi;
- 26 ta tadbirkorlar tomonidan 1 048 nafar muhtoj shaxslarga uyda qarab turish xizmatlari ko‘rsatildi;
- 16 ta tadbirkorlar tomonidan 169 nafar parvarishga muhtoj shaxslarga shaxsiy yordamchi xizmatlar ko‘rsatildi;
***
Tazyiq va zo‘ravonlik yo‘nalishida:
- 4 230 nafar ayollarga himoya orderi berilib, 3 874 ta ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatildi;
- 959 nafar tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar (farzandlari bilan) birlamchi ko‘mak xonalariga joylashtirilib, 3 243 ta ijtimoiy xizmatlar bilan yordam berildi.
***
Amalga oshirilgan ishlar, ko‘rsatilgan ijtimoiy xizmat va yordamlar natijasida 2025 yilda:
- nafaqa oluvchi oilalar soni 69 358 tani (6,4%) tashkil etdi.
2024-yil holatiga nafaqa oluvchi oilalar soni 88 239 ta
(8,1 %) tani tashkil etgan. (Budjetdan 23,5 mlrd.so‘m iqtisod qilindi).
- ijtimoiy masalalar bo‘yicha murojaatlar soni, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan respublika darajasida 45,8 foizga, viloyat darajasida
56,6 foizga va tuman darajasida 49,9 foizga qisqardi.
Albatta, ushbu erishilgan natijalar mahalla yettiligi ko‘magida amalga oshirildi.
Ijtimoiy xodim - ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkillashtirdi va bevosita ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatdi.
Hamkorlik mexanizmlari bo‘yicha ijtimoiy xodimga:
Mahalla raisi - aholi o‘rtasida ijtimoiy munosabatlarni tiklash, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlashda ko‘mak berdi;
Hokim yordamchisi - ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining bandligiga ko‘maklashish, subsidiya ajratish va o‘zini-o‘zi band qilish va moliyaviy ko‘mak berishda yordamlashdi;
Profilaktika inspektori - tazyiq va zo‘ravonlikka uchraganlarga himoya orderi berish va monitoring qilish, ota-onasi migratsiyada bo‘lgan bolalar bilan ishlash, joniga qasd qilishga moyil shaxslar monitoringini olib borishda hamkorlik qildi.
Xotin-qizlar faoli - tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan
xotin-qizlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, himoya orderi berilgan ayollarni sayyor monitoring qilish, xotin-qizlarga ijtimoiy- huquqiy, psixologik va moddiy yordam berish, bandligini ta’minlashga ko‘maklashdi;
Yoshlar yetakchisi - ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarini zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga o‘qitish, og‘ir ahvolga tushib qolgan oilalardagi yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashib, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etdi;
Soliq inspektori - soliq imtiyozlari va yengilliklar to‘g‘risida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga tushunchalar berish, ularga soliq xizmatlarini ko‘rsatish, tadbirkorlik sub’ektlariga ishga joylashishlariga ko‘maklashishda yordam berdi.
Aholiga moliyaviy ko‘mak berish esa mahalla yettiligi kollegial qaror asosida amalga oshirildi.
***
Shu o‘rinda, ushbu davrda tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha axborot berish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ijtimoiy xodimlar aniqlagan, ehtiyojmand bo‘lgan 37 141 ta oilalarga ijtimoy keyslar ochilib, ijtimoiy va referal xizmatlar ko‘rsatilgan.
Ijtimoiy xodimlar xatlovda aniqlagan va bevosita markazga murojaat qilgan ehtiyojmand fuqarolardan ijtimoiy xizmatlardan foydalanish va yordam ko‘rsatish bo‘yicha tushgan 716 325 ta murojaatlarning 539 738 tasi bo‘yicha (76,0 foiz, qolgani jarayonda) ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatilgan. Ushbu ijtimoiy xizmat va yordamlarning:
- 275 605 tasi ijtimoiy to‘lovlar yo‘nalishida;
- 108 582 tasi nogironligi bo‘lgan shaxslar yo‘nalishida;
- 69 627 tasi katta yoshdagilar yo‘nalishida;
- 30 798 tasi voyaga yetmaganlar yo‘nalishida;
- 4 613 tasi tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha;
- 11 603 tasi psixologik xizmatlar;
- 11 142 tasi yuridik xizmatlar.
- 27 768 tasi boshqa xizmatlar.
Shuningdek, ijtimoiy himoya sohasidagi islohotlardan fuqarolar xabardorligini oshirish maqsadida ommaviy axborot vositalarida joriy yilning o‘tgan davrida 1 606 marotaba chiqishlar tashkil etildi.
(IHMA Samarqand viloyati telegramm kanalida 415 ta, televedenieda 142 ta, gazeta va jurnallarda 254 ta, onlayn mediada 142 ta, radioda 89 ta, 92 ta infografika hamda 108 ta media va 64 ta teleloyihalar amalga oshirildi)
Xulosa qilib aytganda, 2025-yilda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar muayyan natijalarni berdi. Ijtimoiy himoya sohasidagi har bir muvaffaqiyat faqat statistika emas, balki bir inson hayotidagi umid, ishonch va g‘amxo‘rlikdir.
Ijtimoiy himoya - davlat va fuqaro o‘rtasidagi ishonch ko‘prigi bo‘lib, jamiyat qudrati uning eng zaif qatlamlariga qanchalik xizmat qila olishida namoyon bo‘ladi. Bu tizim - ehson emas, bu insonning yashash va rivojlanishga bo‘lgan qonuniy haqidir. Haqiqiy taraqqiyot - nafaqat qurilayotgan inshootlar, balki yuraklarga singadigan g‘amxo‘rlik orqali namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni hayotga integratsiya qilish va ijtimoiylashuvini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
