Hududda adliya sohasidagi ma’lumotlar
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2025-yil davomida
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
MA’LUMOT
Bugungi kunda adliya organlari jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, murojaatlarni tezkor va samarali hal etish hamda malakali yuridik xizmat ko‘rsatish kabi muhim vazifalarni amalga oshirib kelmoqda.
Yil davomida adliya organlarining xalqqa yanada yaqin bo‘lishi, fuqarolar ishonchini mustahkamlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borildi. “Xotin-qizlarga huquqiy yordam”, “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi”, “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati”, “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga”, “Ziyo ulash”, “Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi” kabi aksiyalar orqali aholiga manzilli huquqiy ko‘mak ko‘rsatildi. Sayyor qabullar va uyma-uy yurishlar davomida ko‘plab muammolar joyida hal etildi.
2025-yil davomida boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan jami 7361 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 3971 tasi, ya’ni 54,0% foizi hal etildi, 3390 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. 412 ta murojaat tegishliligiga ko‘ra boshqa idora va tashkilotlarga yuborildi. Shuningdek, 324 ta murojaat sayyor va shaxsiy qabullarda qabul qilinib, belgilangan tartibda ijrosi ta’minlandi.
Norma ijodkorligi sohasida jami 415 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi. Shundan 231 tasi viloyat adliya boshqarmasiga, 184 tasi tuman (shahar) adliya bo‘limlariga kelib tushgan. Ko‘rib chiqilgan hujjatlarning 372 tasiga ijobiy xulosa berildi, 43 ta loyiha belgilangan talablarga javob bermaganligi sababli qaytarildi. “E-qaror” elektron tizimi orqali 2025 yilda viloyat va tuman (shahar) hokimliklari tomonidan jami 12 320 ta qaror va farmoyish qabul qilindi. Ularning 6325 tasi hokim qarorlari, 3081 tasi hokim farmoyishlari, 2601 tasi Kengash qarorlaridir.
Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish sohasida 1 981 ta tashkilotda 2 205 ta nazorat tadbiri o‘tkazildi. Shundan 1 405 tasi monitoring, 800 tasi o‘rganishdan iborat. Natijada jami 88 234 ta qonunbuzilish holati aniqlandi. Qo‘llanilgan ta’sir choralari natijasida 35 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi, ulardan 1 nafari bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi. 58 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Kiritilgan taqdimnomalar va sudlarga kiritilgan da’vo arizalari natijasida jami 13,5 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ undirilishi ta’minlandi.
Inson huquqlarini himoya qilish sohasida 801 ta o‘rganish o‘tkazilib, 88 234 ta qonun buzilishi holati aniqlandi. Aniqlangan holatlarni bartaraf etish maqsadida 1 038 ta taqdimnoma, 615 ta ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha taklif, 10 ta jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha taklif va 1 575 ta ogohnoma kiritildi. Natijada 307 nafar shaxs intizomiy, 537 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Taqdimnomalar asosida 24 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ qonuniy egalariga qaytarildi. Shuningdek, sudlarga 18 mlrd 017 mln so‘mlik 406 ta da’vo arizasi kiritilib, 17 mlrd 477 mln so‘mlik 395 ta da’vo arizasi qanoatlantirildi.
Yuridik xizmat ko‘rsatish sohasida viloyatdagi 16 ta tuman (shahar)da Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyat yuritmoqda. Ularda 2278 ta davlat tashkilotiga xizmat ko‘rsatilmoqda. 2025-yil davomida “Ye-huquqshunos” elektron tizimi orqali 723 291 ta hujjat ko‘rib chiqildi. Shundan 664 655 ta hujjatga ijobiy xulosa berildi, 64 894 tasi rad etildi, 408 ta hujjatga salbiy xulosa berildi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat natijasida 11 985 ta qonunbuzilish holati aniqlandi. Shundan, 6 384 ta (53,2 %) holatda davlat xizmatlari ko‘rsatish muddatlari buzilgan, 2 198 ta (18,3 %) holatda tashkilotlar tomonidan ortiqcha hujjat talab qilib olingan, 3 209 ta (26,7 %) holatda murojaatlar asossiz rad etilgan va 193 ta (1,6 %) holatda boshqa qonun buzilishlariga yo‘l qo‘yilgan
2025-yilda Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 1 568 483 ta davlat xizmati ko‘rsatildi. 49 310 ta tadbirkorlik sub’ekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Shundan 19 899 tasi yuridik shaxs, 29 411 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlar, 180 tasi xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalardir.
FHDYo organlari tomonidan 2025-yilda 105 824 ta tug‘ilganlik, 20 076 ta o‘lim, 31 539 ta nikoh va 4 829 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etildi. (Tug‘ilgan bolalarning 54 512 nafari o‘g‘il, 51 311 nafari qiz bolalardir).
Intellektual mulk sohasida 14 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirildi. 66 ta taqdimnoma va 45 ta ogohnoma kiritildi. 247 ta intellektual mulk ob’ektining huquqiy muhofazasi ta’minlandi, 90 marotaba kuzatuv tadbirlari o‘tkazildi.
Nodavlat notijorat tashkilotlar sohasida jami 1121 ta tashkilot faoliyat yuritmoqda. Shundan 810 tasi adliya organlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan, 311 tasi diniy tashkilotlardir. 50 ta tekshirish natijasida 587 ta qonunbuzilish holati aniqlanib, tegishli choralar ko‘rildi.
Huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida 518 marotaba televidenieda, 879 marotaba radioda chiqishlar qilindi, 913 dan ortiq maqolalar chop etildi. 24 359 ta xonadonga kirilib, 41 331 ta manzilli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Hozirgi kunda boshqarma va tuman adliya bo‘limlarining ijtimoiy tarmoqdagi guruhlarida 40 mingga yaqin a’zolari mavjud bo‘lib mazkur guruxlar jonli muloqotlar tarzida, axolining huquqiy muammolarini aniqlash, ularga amaliy yordam berish maqsadida faoliyat yuritadi.
Targ‘ibotning proaktiv usullarini joriy etish maqsadida yangi loyihalar va tashabbuslar joriy etilmoqda. Bugunda viloyatimizning barcha mahallarida tashkil etilgan Telegram guruhlarida adliya-xabari boti admin sifatida kiritilgan bo‘lib, barcha guruxlarga bir paytning o‘zida qonunchilikdagi yangiliklarni, aholi uchun dolzarb va qiziq bo‘lgan huquqiy ma’lumotlarni, qonunchilikdagi imtiyozlarni yuboradi.
Har bir tashabbus, yangi loyihalar jamiyatda huquqiy savodxonlik darajasini oshirishga o‘z xissasini qo‘shib bormoqda.
Xalqqa xizmat eng oliy burch ekanligini yurakdan xis etgan soha xodimlarining bugungi faoliyati, amalga oshirgan ijobiy ishlar kelajak avlod uchun katta maktab bo‘lishi shubhasiz.
