Jamoat transporti haqida ma’lumot
Viloyatda 1 ta avtovokzal, 19 ta avtostansiya hamda 1087 ta oraliq avtobus to‘xtash bekatlari mavjud.
2026 yilda Samarqand tumani, “O‘zbekkenti” MFY xududida 1 ta “Favori” avtostansiyasi qurildi.
Avtobuslar uchun Bo‘stonsaroy, Ibn Sino, Sadriddin Ayniy, Shabod, M.Qoshg‘ariy, A.Jomiy, A.Temur ko‘chalarida va Universitet xiyobonida alohida yo‘lak tashkil etilgan.
Shuningdek joriy yilda, 18 ta yangi oraliq bekatlar qurilib 7 tasi rekonstruksiya qilindi.
Joriy yilning yakunida 35,2 mln nafar yo‘lovchi tashildi.
Bugungi kunda, viloyatda 342 ta yo‘nalishlarda 2 826 ta jamoat transport vositalari va 32 032 tasi yo‘nalishsiz (o‘zini-o‘zi band qilgan) taksilar harakatlanmoqda.
Ma’lumot uchun: 544 tasi avtobus, 145 tasi mikroavtobus, 2 137 tasi “Damas” jamoat transporti faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, 32 032 ta yengil avtomashinalar yo‘nalishsiz taksi faoliyatida xizmat ko‘rsatmoqda.
Tashuvchi tadbirkorlar soni: 89 ta, shundan: avtobus -31 ta, mikroavtobus – 7 ta, Damas – 51 ta va taksi – 28 ta.
Jamoat transporti qamrovi
1095 ta MFY jamoat transporti bilan qamrab olingan va qamrov darajasi 97 foizga yetkazilgan.
Avtobus va mikroavtobus xaridi
2022-2026 yil (*16-sentabr holatiga) davomida 280 ta yangi zamonaviy avtobus (112 ta elektrobus, 168 ta avtobus) va 77 ta mikroavtobus xarid qilingan.
Yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari
2026 yilda 3 ta yangi jamoat transporti yo‘nalishlari tashkil etildi hamda mavjud jamoat transporti yo‘nalishlarini optimizatsiya qilish orqali 13 ta jamoat transporti yetib bormagan aholi punkti qamrab olindi.
Brutto-shartnoma
2023-2025 yillarda 23 ta yo‘nalishlar brutto-shartnoma asosida moliyalashtirish tizimiga o‘tkazildi.
Hozirda, viloyatda 23 ta yo‘nalishda cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchi tashishni brutto-shartnoma asosida xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.
“Samarqandyo‘lovchitrans” DK balansida 100 ta elektrobus mavjud bo‘lib, mazkur avtobuslar uchun 50 ta quvvatlantirish qurilmalari olib kelinib o‘rnatilgan hamda xarid qilingan avtobuslar brutto-shartnoma asosida 9 ta yo‘nalishlarga biriktirilgan.
