Hududda sog‘liqni saqlash sohasidagi ma’lumotlar
Bugungi kunda Samarqand viloyati 2026-yil 1-yanvar holatiga umumiy aholi soni 4 mln 297 ming 462 nafarni, shundan 1 yoshgacha bo‘lganlar 221 366 nafarni (5,2%)ni, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar 1 374 109 nafar (31,9%)ni, 18-yoshdan kattalar 2 700 031 nafar (62,8%)ni tashkil etadi.
Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash tizimi tasarrufida jami 466 ta mustaqil (yuridik maqomga ega) tibbiyot muassasalari va ularning tarkibiga kiruvchi 392 ta muassasa faoliyat yuritadi. Shuningdek, 41 ta shifoxona (16 ta tuman (shahar) sog'liqni saqlash bo‘limlari va 23 ta viloyat darajasidagi shifoxonalar). 2025-yil 12-oy davomida Samarqand viloyat aholisiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy sanitariya xizmatini yanada takomillashtirish maqsadida viloyatda qo‘shimcha bo‘limlar tashkil etildi. Aholiga tez tibbiy yordam xizmat sifatini yaxshilash va yaqinlashtirish maqsadida tez tibbiy yordam stansiyalar soni-18ta, tibbiy brigadalar soni 316 ta, moshinalar jami soni-451 ta (shundan 12-oy mobaynida 50 yangi zamonaviy Wolsvagen avtomashina bilan ta’minlandi) shaxobchalari soni-210 taga yetkazildi. Viloyatdagi 1126 ta mahallaga 392 ta jami tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Shundan,
16 tasi tuman (shahar) Maslahat diagnostika bo‘limi
237 ta 1-tip oilaviy poliklinikalar (OP)
155 ta 2-tip oilaviy poliklinikalar (OP)
14 ta xususiy tibbiyot tashkilotlari (7 tasi statsionar) tashkil etilib, ular soni 850 taga (statsionarlar 160 taga) yetkazildi. Bugungi kunda Respublika tibbiyot markazlari bilan hamkorlikda Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash tizimida 10 mingga yaqin yuqori texnologik amaliyotlar o‘tkazildi.
Viloyat darajasida 4 nafar bemorda autologik suyak ko‘migi o‘zak hujayralari transplantatsiyasi, 59 nafar bemorda jigar transplantatsiyasi va 153 nafar bemorda buyrak transplantatsiyasi operatsiyalari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Bungacha bu bemorlar chet ellarda yoki poytaxtda navbat kutib, qiynalib operatsiya qildirar edi.
Yuqori texnologik amaliyotlar 995 dan 3462 taga, operatsiyalar turi 151 dan 181 taga oshishiga erishildi.
Ilgari Toshkentdagi tibbiyot markazlarida amalga oshirilgan
320 turdagi yuqori texnologik operatsiyalar o‘tgan yilda viloyatda 3 400 nafar bemorda amalga oshirilib, Toshkentda davolanuvchilar soni ikki barobarga kamayishiga erishildi.
Misol uchun, Onkologiya yo‘nalishida 504 480 nafar ayollar bachadon bo‘yni hamda sut bezi saratoni skriningdan o‘tkazilib 1255 nafarida rak oldi va xavfsiz o‘smalar aniklangan va barcha aniqlangan bemorlar to‘liq sog‘lomlashtirilgan.
Markaz filialida Germaniyada ishlab chiqarilgan “mikroplanshetli IFA rider” apparati o‘rnatilib bugungi kunda 7 turdagi onkomarkyorlarni aniqlash yo‘lga qo‘yilgan.
Onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish (II-bosqich) loyihasini amalga oshirishda onkologiya markazning Samarqand filialiga umumiy qiymati 3 424 900 AQSh dollariga teng 50 turdan ortiq jami 120 dona yuqori texnologik asbob-uskunalar yetkazib berilgan.
Kardiologiya yo‘nalishida Yurak ochiq operatsiyalar soni bir yilda 470 tadan 660 tagacha, endovaskulyar arashuvlar 6400 tadan 9 183 tagacha, murakkab aritmologik arashuvlar 358tadan 420 tagacha oshirildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan qo‘shni davlatlar bilan yaratib berilgan do‘stona munosabatlar natijasida 2024 va 2025 yillarda 6 mingdan ziyod chet elliklar bizning klinikalarimizda davolanib chiqdi va 11 mlrd. mablag‘ tushumii amalga oshirildi. Shu kabi ishlar davom ettirilib 2026 yilda 10 ming chet elliklardan 15 mlrd. so‘m mablag‘ tushirish imkoniyati mavjud. O‘tgan yetti yil mobaynida tibbiyot tizimidagi eng katta o‘zgarishlardan biri, bu davlat shifoxonalari bilan birga xususiy tibbiyotning rivojlanishi bo‘ldi. Avvallari xususiy tibbiyot faqat stomatologiya xizmatlari bilan cheklangan edi, hozirda esa xususiy klinikalar deyarli barcha yo‘nalishlarda faoliyat yuritib kelmoqda.
Jumladan, Davlat rahbarining tegishli qarorlari bilan xususiy tibbiyot tashkilotlariga 129 ta tibbiy ixtisosliklar bo‘yicha litsenziya olishlariga imkoniyat berildi.
sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklikning huquqiy asoslari yaratildi, investitsiyalar, ayniqsa, chet el investitsiyalarini jalb etishni kengaytirish, aholining yuqori texnologik tibbiy xizmatlar va uskunalardan foydalanish imkoniyatlarini oshirishda nodavlat sektori ishtirokini rag‘batlantirish belgilandi.
Natijada viloyatda xususiy tibbiyot tashkilotlari soni 300-tadan 850-taga, xususiy tibbiyot tashkilotlarining ixtisosligi bo‘yicha beriladigan litsenziyalar turi 50 tadan 129 taga mahaliy farmasevtika korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi 2 644 tadan 3 600 taga, shundan dori vositalari turi 2556 tadan 3 096 taga, tibbiy buyumlar turi 49 tadan 419 taga, tibbiy texnika mahsulotlari turi 29 tadan 85 taga yetkazildi.
Viloyatda 2025 yil davomida jami tug‘ruqlar soni 95 728 tani tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 108 taga kamayishiga erishildi (2024 yilda 95 836 ta). Buning natijasida tug‘ilish ko‘rsatkichi 22,3 promillini tashkil tashkil etdi. Biroq Toyloq tumanida bu ko‘rsatkich 24.7, Jomboyda 24.4, Bulung‘ur, Pastdarg‘om tumanlarida 24.3, Oqdaryo tumanida 23.8, Payariq va Nurobod tumanlarida 23.6, Paxtachi, Urgut tumanlarida 22.9, Samarqand, Ishtixon tumanlarida 22.7 promillini tashkil etib, viloyat ko‘rsatkichidan yuqoriligicha qolmoqda.
Jami hisobga olingan homiladorlar soni 99 534 nafarni tashkil qilib shu jumladan 90 215 nafari (90,6%) 12 xaftagacha hisobga olingan.
O‘tgan 12 oy davomida 1 052 149 (99,0%) nafar tug‘ish yoshidagi ayollar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib 224 333 (21%) nafarida ekstrgenital kasalliklar aniqlangan. Aniqlangan ekstragenital kasalliklarning 215 851 nafari (96.0%) sog‘lomlashtirildi. Ularning 190 258 nafari (88.0%) ambulator sharoitda, 25 593 nafari (12,0%) statsionar sharoitda sog‘lomlashtirildi.
15-16 yoshdagi tug‘ruqlar 8 nafarni tashkil qilib, o‘tgan yil mos davridan 2 ta holatga kamaygan. (o‘tgan yili 10 ta holat) bo‘lib, bu ko‘rsatgich Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shahar, Narpay, Paxtachi, Pastdarg‘om, Ishtixon, Samarqand va Toyloq tumanlarida 1 nafardan qayd qilingan. 17 yoshda Jomboy va Paxtachi tumanlarida 1 tadan qayd etilgan.
“Ayollar maslahatxonasi” bo‘limlarida 173 nafar akusher ginekolog faoliyat yuritadi. 2025 yilda Viloyatda 45-65 yoshli ko‘krak bezi saratoni skrining tekshiruvlaridan o‘tishi lozim bo‘lgan ayollar 170273 nafarni tashkil qiladi. Joriy yilning o‘tgan 12 oyi davomida 170 768 nafar (100.0 foiz) ayollar skrining tekshiruvlaridan o‘tkazilgan. Skrining tekshiruvlari natijasida 48 nafar ayollarda kasallik belgilari aniqlanib, shundan 32 nafarida (66.6 foiz) kasallikning erta bosqichlarida aniqlangan. 35-55 yoshli bachadon bo‘yni saratoni skrining tekshiruvlaridan o‘tishi lozim bo‘lgan ayollar 200 420 nafarni tashkil qiladi. Joriy yilning o‘tgan 12 oyi davomida 206 486 nafar (103,0 foiz) ayollar skrining tekshiruvlaridan o‘tkazilgan. Skrining tekshiruvlari natijasida 51 nafar ayollarda kasallik belgilari aniqlanib, ularning 43 nafarida (84,3 foiz) kasallik erta bosqichlarida aniqlanishiga erishildi.
O‘tgan 12-oy davomida 70 576 nafar ayollar istalmagan homiladorlikni oldini olish maqsadida kontraseptiv vositalar bilan qamraldi (shundan: BIV 62 953 nafari, IK-3838, IJK 3785 nafari). Hozirda BIV qolig‘i 68 168 ta, IK qoldig‘i 94 262 ta.
Viloyatda barcha shahar va tumanlarda “Prenatal skrining” xonasi tashkil etilgan bo‘lib xonada tibbiy jihozlar (UTT Volusone P6 apparati, kushetka), texnik jihozlar bilan ta’minlangan. 2025 yilda yana 7 ta UTT apparatlari keltirilib o‘rnatildi ( 2 ta RIOvaBSIATM SF, 2 ta Samarqand ShTB, 1 ta Pastdarg‘om TTB, 1 ta Urgut TTB, )
2025 yil 12-oyi davomida viloyat prenatal xonalarida 12 haftalikgacha ro‘yxatga olingan 99 534 nafar homiladorlardan 75 762 nafari birlamchi (11.0-13.6 haftalikda) UTT skrining tekshiruvlaridan o‘tkazilgan bo‘lib, jami erta muddatlarda homiladorlarning 76.1 % ini tashkil etgan. Tekshiruv natijasida jami 2392 nafar homiladorlarda, shundan akusherlik patologiyalari (1600 nafar) va tug‘ma rivojlanish nuqsonlari (792 nafar) aniqlangan bo‘lib, shulardan 2048 nafarida (85,6%) homiladorlik to‘xtatilgan.
Sog‘liqni saqlash sohasini islox qilish borasida viloyatdagi 13 та tuman/shaharlarda Vazirlar Mahkamasining 384-sonli qarorida keltirilgan namunaviy nizom asosida tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlari tashkil etildi, rahbar xodimlar tayinlandi, tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlarining shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlanib hamda moliya organidan ro‘yxatdan o‘tkazildi. 441 ta muassasalar negizida (KTMP 13 ta, 49 ta KTMP filiali, 49 ta OP, 136 ta OShP, 194 ta MTPP) 347 ta birlamch tibbiy sanitariya yordami muassasalari (237 ta I tip, 155 ta II tipdagi hamda 20 ta filial) tashkil etildi, nizomlari tasdiqlandi va ruyxatdan o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 maydagi PQ-185-son qaroriga 3-ilovasiga binoan raqamlashtirish maqsadida quyidagilar xarid qilindi: Monoblok (kompyuter) 4 347 dona, Planshetlar 2 974 dona, Infokiosklar 269 dona, Smart monitorlar 579 dona, Printerlar (MFU) 1 507 dona, Termoprinter (chek uchun) 743 dona, Termoprinter (yorliq uchun) 505 dona, 2D skanerlar 700 dona, Veb-kameralar (My ID uchun) 490 dona, Avtomat skanerlar (arxiv fayllar uchun) 200 dona, Kommutatorlar (Switch) 332 dona. Firewall qurilmalari 352 dona. Ushbu maqsadlar uchun 75 lrd so‘m mablag‘ ajratildi.
Shuningdek, "Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar vaqti" loyiha dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida jami 4 002,8 mln. so‘m, shundan: Bulung‘ur tumaniga 2 235,3 mln. so‘m, Ishtixon tumaniga 1 227,4 mln. so‘m va Samarqand shahriga 540,1 mln. so‘m mablag‘ ajratildi.
Markazlashagan laboratoriya xizmati yo‘lga qo‘yilib tajriba-sinov xududlari 43 ta avtomashinalar bilan ta’minlandi. Markazlashgan laboratoriya to‘liq D-med axborot tizimiga ulandi. Oilaviy poliklinikalar tibbiyot xodimlari uchun Tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hamda tibbiyot muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) asosida oylik lavozim maoshi (bazaviy tarif stavkasi)ning 100 foizigacha miqdorda ustama joriy etildi.
Tuman (shahar) markaziy shifoxonalarida shifokorlarning oylik lavozim maoshlari - 20 foiz, o‘rta tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoshlari - 10 foiz miqdorida oshirildi.
Oila salomatligi bo‘yicha 1204 nafar Oila shifokorlari uchun maxsus o‘quv dasturi asosida o‘qimoqda, kurs yakuni bo‘yicha beriladigan sertifikatga muvofiq ish haqqi bazaviy tarif stavkasining 100 foizi miqdorida oshiriladi.
13 ta respublika markazlari viloyat filiallarida 10 turdagi yangi davolash va diagnostika usullari joriy etiladi. 120 nafar shifokorlar chet el klinikalarida o‘qitiladi.
Bolalarda “koxlear implantatsiyasi” amaliyoti joriy qilindi.
1 mln. 130 ming nafar aholi diabetik, yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash bo‘yicha skriningdan o‘tkaziladi. 360 ming nafar ayollar saraton kasalliklarini erta aniqlash bo‘yicha skriningdan o‘tkazildi.
100 ming nafar ayollar homiladorlik bo‘yicha 3 bosqichli skriningdan o‘tkazildi.
Viloyatda bosqichma bosqich davlat tibbiy sug‘urta mexanizmlari to‘liq joriy etilib, kafolatgangan paket doirasida reimbursatsiya dasturi ishga tushiriladi. Tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida aholi jon boshiga moliyalashtirish, barcha viloyat shifoxonalari esa davolangan holat bo‘yicha moliyalashtirish tizimiga o‘tkaziladi.
Moddiy texnik bazani mustaxkamlash maqsadida
- Shuningdek, yangidan qurilishi talab etiladigan OPlarning tiplari va biriktirilgan aholi soni asosida bino-inshootlarini qurish uchun namunaviy loyihalar ishlab chiqildi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Qurilish vazirligi tomonidan tasdiqlandi va ijroga qaratildi..
68 ta tez tibbiy yordam avtotransport vositalari yangilandi,
“Har bir ona va bola yashaydi va rivojlanadi, O‘zbekistonda 227 ta perinatal markazlarda onalar va bolalar o‘limini qisqartish” loyihasi doirasida 23 turdagi tibbiy apparatlar viloyatdagi 22 ta tug‘ruq koplekslariga yetkazib berildi.
Yaponiya va Turkiya investorlar mablag‘lari evaziga viloyatda 8 gektar yer maydonda 800 o‘rinli shifoxona, 80 o‘rinli bolalar onkogemotologiya markkzi barpo etiladi.
“STDHEALTHMED” davolash markazida robottexnologiya yordamida jarroxlik amaliyotlarini yo‘lga qo‘yiladi.
Chet eldan kelayotgan bemorlar sonini 5000 nafardan oshirib, 10 mlrd. so‘m to‘lov amalga oshirish. Xorijiy grantlar orqali 500 ming AQSh dollari jalb qilish rejalashtirilgan.
