Yo‘l harakati xavfsizligi haqida ma’lumot
SAMARQAND VILOYATI IIB JXX YHXB
2025 yil davomida viloyat hududida sodir etilayotgan yoʼl-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan yoʼl harakati qoidalarini targʼib qilish borasida amalga oshirilgan tadbirlar davomida, viloyat hududidagi avtokorxona va tashkilotlarda 3583 marotaba, mahallalarda 1984 marotaba, taʼlim muassasalarida 2399 marotaba suhbatlar oʼtkazildi.
Shuningdek, ommaviy axborot vositalarida, roʼznomalarda 128 dan ortiq maqolalar, radioda 122 marotaba eshittiruv, viloyat va respublika televideniesida 263 marotaba chiqishlar qilingan. Yoʼl-transport hodisalarining oldini olish, YHXX sohasida qonunchilikka doir yangiliklar, YPX inspektorlari faoliyati ijtimoiy tarmoqlar orqali joriy yilning toʼqqiz oyi davomida jami 1073 marotaba chiqishlar qilindi. Piyodalar bilan bogʼliq yoʼl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida “Diqqat piyoda” 63 marotaba reyd tadbirlari tashkil etilib, doimiy ravishda qoidabuzar piyodalar bilan profilaktik suhbatlar oʼtkazilib, belgilangan joylardan yoʼl harakati qoidalariga amal qilib harakatlanish borasida 382 marotaba targʼibot ishlari amalga oishirilgan va bu boradagi targʻibot ishlari davom ettirilmoqda. Shuningdek yoʼl transport hodisalarining oldini olish maqsadida “Targʼibot avtokarvoni” tumanlarda boshqarma boshligʼining reja topshirigʼiga asosan oʼtkazib kelinmoqda.
Joriy yil davomida yoʼllar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 2823 ta yangi yoʼl belgilari, 4089 ta yo‘l belgilar almashtirilgan, 480378 m2 yoʼl yotiq chiziqlari chizilgan, 37 ta svetofor obʼektlari o‘rnatilgan shundan: 21 tasi transport svetofori, 16 tasi piyoda svetofori, 73 ta svetofor obʼektlari i shlash tartibi o‘zgartirilgan, 1260 ta piyodalar o‘tish yoʼlagi yangi chizilgan, 15 ta piyodalar oʼtish yoʼlagi qayta tiklangan, 7603800 m2 yoʼl qatnov qismi tamirlangan 82 ta qavariq piyodalar oʼtish joyi oʼrnatilgan– 44,4 km piyodalar yoʼlagi hamda 13 km veloyoʼlak qurilgan.
Shuningdek, YHXB Texnika nazorati boʼlimi tomonidan 2025 yilda amalga oshirilishi lozim boʼlgan tashkiliy va amaliy tadbirlar qoʼshma rejasi talablari asosida yoʼlovchi tashuvchi transport vositalari harakatini tartibga solish, noqonuniy aholiga pullik transport xizmati koʼrsatayotgan haydovchilarga choralar koʼrish boʼyicha qoʼshma chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va ushbu reja asosida 4 ta nazorat guruhi tashkil etilgan. (Viloyat Transport boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda)
Ushbu guruhlar ishtirokida 2025 yil davomida 261 marotaba reyd tadbirlari oʼtkazilib, yoʼl harakati va yoʼlovchi tashishda belgilangan talablarni bajarmagan 2862 ta qoidabuzarlik holatlari aniqlangan.
Ushbu 2862 ta qoidabuzar fuqarolarga nisbatan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, 815 ta transport vositalari jarima maydonchalariga joylashtirilgan va ularning barchasiga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalari talablariga asosan, maʼmuriy choralar qoʼllanilgan. Jizzax viloyati IIB JXX YHXB Texnika nazorati boʼlimi xodimlari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi VMning 2015 yil 11 noyabr kunidagi “Siqilgan tabiiy gaz, suyultirilgan neft gazlari yoki dizel va gazsimon yoqilgʼi aralashmasida ishlovchi avtotransport vositalari xavfsizligining umumiy texnik tartibini tasdiqlash toʼgʼrisida” gi 326-sonli Qaror talablariga asosan, viloyat hududida noqonuniy gaz moslamasi oʼrnatilgan 65 ta transport vositalariga, gaz ballonlari sinovdan oʼtkazilmagan 45 ta transport vositalariga tegishli chora koʼrish uchun tegishli tashkilotlarga 44 ta taqdimnomalar va 2 ta axborotnomalar kiritilgan.
