Narpay tumaniga hokim tayinlandi
2025-11-01 14:30:00 / Yangiliklar

Bugun хalq deputatlari Narpay tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.
Unda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etdi va Narpay tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, erishilgan natijalarga to‘xtaldi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
Viloyat rahbari shu paytgacha Narpay tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan Boliyev Anvar Begimovichni Narpay tumani hokimligiga tavsiya etdi.
Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Adiz Boboyev tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi hamda yangi rahbar faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.


