Yoshlar yetakchilari uchun seminar tashkil etildi
2025-09-13 11:30:00 / Yangiliklar

Viloyat "Yoshlar markazi"da Yoshlar ishlari agentligining tuman va shahar bo’limlari boshliqlari va mahalla yoshlar yetakchilari ishtirokida o‘quv-seminari tashkil etildi.
Seminarda asosiy eʼtibor Prezidentimizning 2025-yil 10-sentyabrdagi PF-163-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratildi.
Unda yoshlar bilan ishlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish, yoshlarning kasbiy qiziqishlarini erta aniqlash, mafkuraviy immunitetni kuchaytirish hamda yoshlarga oid ma’lumotlarni yagona elektron bazaga kiritish masalalari muhokama qilindi.
Yoshlar yetakchilariga Farmonning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirilib, amaliy tavsiya va ko‘nikmalar berildi.
O’quv-seminari hududlarda davom etmoqda.

