“Grand Swiss 2025” xalqaro turniriga start berildi
2025-09-04 19:30:00 / Yangiliklar

Samarqandda shaxmat bo‘yicha umumiy mukofot jamg‘armasi 855 ming AQSH dollari bo‘lgan nufuzli musobaqa boshlandi.
Bahslarni viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev boshlab berdi va ishtirokchilarga omad tiladi.
Turnirda 39 ta mamlakatdan jahon reytingida yuqori ko‘rsatkichga ega 172 nafar grossmeyster ishtirok etmoqda.
Musobaqa 15 sentyabrga qadar davom etadi.
Musobaqa dunyoning eng yaxshi shaxmatchilari uchun muhim arenaga aylanib, salmoqli sovrinlarni qo‘lga kiritish va 2026-yilgi da’vogarlar turniriga yo‘llanma olish imkoniyatini beradi.
