Viloyat rahbari yoshlar bilan muloqot qildi
2025-05-16 18:20:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Samarqand shahrida yashovchi ishsiz, uyushmagan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda 30 nafarga yaqin yoshlar ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, biznes-reja va startap loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha murojaat qildi.
Yoshlarning taklif va tashabbuslari, muammoli masalalarini hal qilish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.


