Samarqandda ilk bor Xalqaro paraplan festivali o‘tkazilmoqda
2025-05-10 17:10:00 / Yangiliklar

Yurtimizda ekstremal turizm turlarini ommalashtirish hamda xorijiy va mahalliy sayyohlar sonini oshirish maqsadida Samarqand viloyatining Urgut tumanida “Xalqaro Paraplan festivali” o‘tkazilmoqda.
Festivalning ochilishida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etdi.
Samarqandda ilk marotaba o‘tkazilayotgan festivalga Buyuk Britaniya, Fransiya, BAA, Rossiya, Belarus, Tojikiston, Qozog’iston, Ukraina kabi o‘n beshdan ortiq davlatdan paraplanchilar qatnashishmoqda.
Viloyat rahbari Adiz Boboyev viloyatimizda yangi turizm turining yo’lga qo’yilishi kelgusida sohani yanada rivojlantirishga, turizm xizmatlari ko‘lami oshishiga turtki bo‘lishini taʼkidladi.
Endlikda yil davomida Urgut tog‘ida paraplandan uchish imkoniyati yaratiladi. Bu esa tog‘ turizmini takomillashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Kelajakda Urgut tog‘ida dor yo‘li qurish, tashrif buyuruvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish zarur,-dedi viloyat rahbari.
Festival ikki kun davom etadi.


