Afg‘oniston delegatsiyasi Samarqandda
2024-12-02 09:10:00 / Yangiliklar

Bugun Afg‘oniston Bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salom Hanafiy boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni Samarqand temir yo‘l vokzalida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev va boshqa rasmiylar kutib olishdi.
Tashrif dasturida mehmonlar bugun Samarqanddagi qadimiy va diqqatga sazovor joylariga borishi belgilangan.