Samarqandliklar bir bayroq ostida birlaşdi
2026-11-18 18:25:00 / Yangiliklar

Samarqand şahridagi Köksaroy maydonida 18 noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan «Bir Vatan, bir el, bir bayroq!» şiori ostida bayram tadbiri bölib ötdi.
Maydondagi baland hilpirab turgan uluğvor bayroq ostida maxsus sahna örnatilib, Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi kötarinki ruhda nişonlandi.
Dastlab Davlat madhiyasi yangradi. Söngra viloyat hokimining örinbosari Husan Töxtayev, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Farmon Toşev va boşqalar bayroqning muqaddasligi, uning xalqaro maydondagi nufuzi, milliy ğurur va iftixor tuyğularini yuksaltiriş, yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşdagi ahamiyati haqida töxtalib ötdilar.
Tadbirda mamlakatimiz böylab «Özbekiston — öz-özimizniki!» şiori ostida ötkazilayotgan «Ma’rifat haftaligi» iştirokçilari ham qatnaşdi.
Tadbir davomida şoir va san’atkorlar tomonidan Vatanni madh etuvçi şe’r va qöşiqlar aytilib, yiğilganlarga bayramona kayfiyat ulaşildi.



