Samarqandda 19 nafar matbuot kotibi attestatsiyadan muvaffaqiyatli ötdi
2026-11-18 18:00:00 / Yangiliklar

Ommaviy axborot vositalari uçun kontent tayyorlaş markazi tomonidan Samarqand viloyatidagi davlat organlari axborot xizmatlari rahbarlari attestatsiyadan ötkazildi.
Jami 41 nafar talabgor iştirok etişi belgilangan jarayonda 19 nafari attestatsiyadan muvaffaqiyatli ötdi, 10 nafari esa keyingi bosqiçga qoldirildi. Qolgan 12 nafar talabgor turli sabablarga köra attestatsiyada iştirok etmadi.
Attestatsiya davomida iştirokçilarning sohaga oid qonunçilikni bilişi, zamonaviy media muhitida tezkor va sifatli kontent tayyorlaş, tanqidiy çiqişlarga munosabat bildiriş hamda jurnalist va blogerlar bilan hamkorlik qiliş könikmalari baholandi.
Yakunda attestatsiyadan muvaffaqiyatli ötganlarga tegişli guvohnomalar topşirildi.


