“Samarkand Marathon—2026” ğolib va sovrindorlariga pul mukofotlari topşirildi
2026-11-08 12:35:00 / Yangiliklar

Marafonning 42,2 kilometr bahslarida ğolib bölgan erkaklar va ayollar uçun 1-öringa 15 ming, 2-öringa 7,5 ming va 3-öringa 5 ming AQŞ dollari berildi.
21,1 kilometrga 1-örin uçun 16 million, 2-öringa 13 million va 3-öringa 11 million söm topşirildi.
10 kilometrga yuguruvçilar 7 million, keyingi örinlar 6 va 5 million söm miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Taqdirlaş marosimida olimpiya öyinlari va jahon çempioni, britaniyalik afsonaviy sportçi ser Mo Fara hamda Özbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi marafonlarni taşkil etiş bölimi boşliği, “Samarkand Marathon” turkumi rahbari Mirxan Sagitov iştirok etdi.
