Viloyat hokimi Gretsiyaning Özbekistondagi elçisi bilan uçraşdi
2026-10-26 17:20:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimi Adiz Boboyev Gretsiyaning Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Paraskevi Seveleki bilan uçraşdi.
Ta’kidlaş joizki, Paraskevi Seveleki Gretsiyaning Özbekistondagi birinçi diplomatik vakili hisoblanadi.
Uçraşuvda iqtisodiyot va qişloq xöjaligi, ta’lim va ilm-fan, IT, turizm, transport hamda quriliş sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Gretsiya elçisi Samarqand va Gretsiyani bir qator umumiy jihatlar boğlab turişini ta’kidlab, özaro tajriba almaşiş va iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş muhimligini qayd etdi.
Şuningdek, u oliy ta’lim muassasalarida uçraşuvlar ötkaziş, mahalliy jamoatçilik bilan muloqot qiliş, grek tadbirkorlarini jalb etgan holda qöşma biznes loyihalarini rivojlantirişga qiziqiş bildirdi.
Adiz Boboyev Samarqand viloyati va Gretsiya hududlari örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş uçun katta salohiyat mavjudligini ta’kidlab, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi qöşma taşabbuslarni viloyat hokimligi tomonidan har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyorligini ma’lum qildi.
