1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlandi
2026-09-30 19:55:00 / Yangiliklar

1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Samarqand viloyatida bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda viloyat hokimi Adiz Boboyev ta’lim sohasi vakillarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, ularning yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish yo‘lidagi fidokorona, sharafli va mas’uliyatli mehnatini alohida e’tirof etdi.
Shuningdek, taʼlim sohasidagi islohotlar natijalari, yoshlarning ilm-fan, sport va boshqa sohalarda erishayotgan yutuqlari xususida so‘z yuritildi.
Bayram tadbirida bir guruh faol va tashabbuskor o‘qituvchilar, turli sohalarda samarali mehnat qilgan faxriylar viloyat hokimligining tashakkurnoma hamda bayram sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir viloyatimiz san’at ustalari ishtirokidagi konsert dasturi bilan davom etdi.



