Samarqandda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda
2026-09-15 22:10:00 / Yangiliklar

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Abdulla Aripov, viloyat hokimi Adiz Boboyev, Xalqaro shaxmat federatsiyasi mas’ullari, xorijlik mehmonlar va olimpiada ishtirokchilari qatnashdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Abdulla Aripov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning olimpiada ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi hamda shaxmatchilarga muvaffaqiyat tiladi.


