Viloyat hokimi Samarqand mahallalarini o‘rgandi
2026-09-15 17:10:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev "Yangi Xayrobod", Xo‘ja Yusuf, "Ko‘kmasjid" va "Ko‘ksaroy" mahallalarida bo‘lib, hududlardagi mavjud holatni o‘rgandi.
Tanishish davomida mahallalarda aholini kambag‘allikdan chiqarish hamda ehtiyojmand oilalarning turmush sharoitlarini yaxshilash, hududdagi "Chashma" kanali sohilini obodonlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganishlar yakuni bo‘yicha «mahalla yettiligi»ga aholining murojaatlarini shunchaki ko‘rib chiqish bilan cheklanmasdan, ularni aniq amaliy ishlar orqali hal etish yuzasidan qat’iy topshiriqlar berildi.
