Triatlon: “Challenge Samarkand-2026” xalqaro musobaqasining asosiy bahslari bo‘lib o‘tmoqda
2026-09-13 12:50:00 / Yangiliklar

Unda dunyoning 40 mamlakatidan 1450 nafardan ziyod atlet mahoratini ko‘rsatmoqda.
Bugungi bahsda professional sportchilar 1,9 kilometr suzish, 88 kilometr velopoyga hamda 21,5 kilometr yugurish bosqichlarida ishtirok etmoqda.
Havaskor triatlonchilar esa 750 metr suzish, 19 kilometr velopoyga va 5 kilometr yugurish bosqichlarida bellashyapti.


