Samarqandda axborot xizmatlari rahbarlari uchun strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha seminar-trening boshlandi
2026-08-24 19:50:00 / Yangiliklar

Samarqand shahrida Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi hamda YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida viloyatda faoliyat yuritayotgan davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmatlari rahbarlari uchun «Strategik kommunikatsiyalar va axborotdan foydalanish imkoniyati» mavzusida seminar-trening ish boshladi.
Tadbir davomida strategik kommunikatsiyalar, axborotdan foydalanish imkoniyatlari, ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish, axborot erkinligi va zamonaviy media muhiti bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
Seminar-treningda YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan xalqaro ekspertlar — erkin bayonot, ommaviy axborot erkinligi, media normalari va tartib-qoidalari sohasida xalqaro darajada tan olingan mutaxassis, doktor Joan Barata Mir, ommaviy axborot va kommunikatsiyalar sohasida katta tajribaga ega media-ekspert, doktor Serhiy Shturxetskiy hamda milliy ekspert Madina Tursunova tomonidan mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Seminar axborot xizmatlari rahbarlarining professional bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, zamonaviy kommunikatsiya usullarini amaliyotga joriy etish hamda davlat organlari va jamoatchilik o‘rtasida samarali axborot almashinuvini ta’minlashga xizmat qiladi.
