AQSH Kongressi delegatsiyasi Samarqandda
2026-08-24 20:05:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimi Adiz Boboyev Samarqand temiryo‘l vokzalida AQSH Kongressi Vakillar palatasining Daromadlar va xarajatlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Jeyson Tomas Smit boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini kutib oldi.
Tashrif doirasida amerikalik mehmonlar Samarqandning boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishishi ko‘zda tutilgan. Jumladan, delegatsiya a’zolari Imom Buxoriy majmuasi hamda shaharning boshqa diqqatga sazovor maskanlarini tomosha qiladi.

