Urgutda rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazilmoqda
2026-08-20 11:35:00 / Yangiliklar

Ayni paytda viloyat hokimi Adiz Boboyev hamda sektor rahbarlari payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Urgut tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda.
Unda yoshlar taʼlim jarayonlarini takomillashtirish, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ilm-fan, madaniyat hamda sport sohalarini rivojlantirishga doir tashabbus va takliflarini bildirishmoqda.
