Urgutdagi“Qoratepa” suv ombori atrofida ekoturizm maskani barpo etilmoqda
2026-08-09 10:55:00 / Yangiliklar

Viloyat turizm boshqarmasining ma’lum qilishicha, ekoturizm maskani uchun respublika byudjetidan 7,3 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, suv ombori atrofidagi yer maydonlari master reja asosida auksion savdolariga chiqarilmoqda.
Loyiha doirasda "Qoratepa" suv ombori atrofida avtomobil yo‘llarini asfaltlash, bolalar maydonchasini tashkil etish, piyodalar va velo yo‘laklarni qurish ishlarining dastlabki bosqichi boshlab yuborilgan.
Hozirga qadar tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 4 gektarga yaqin yer sotib olingan va belgilangan hududlarda loyihalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

