Samarqandda “Birodar shaharlar” birinchi xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda
2026-07-24 10:40:00 / Yangiliklar

Shu yilning 24–25-iyul kunlari Samarqand shahrida ilk bor "Birodar shaharlar" xalqaro forumi tashkil etildi.
Ayni paytda ushbu forumning ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli anjuman dunyoning turli mamlakatlari shaharlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, xalq diplomatiyasini rivojlantirish hamda o‘zaro ishonch va do‘stlikni mustahkamlashga qaratilgani bilan alohida ahamiyatga ega.
