I Xalqaro Islom sivilizatsiyasi forumi yakuniga yetdi
2026-07-10 16:00:00 / Yangiliklar

Bugun Imom Buxoriy majmuasida "I Xalqaro Islom sivilizatsiyasi forumi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li" xalqaro forumining yakuniy yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov konferensiya va yakuniy natijalar haqida ma’lumot berdi.
Tadbir so‘nggida forum ishtirokchilarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaati o‘qib eshittirildi.
Shundan so‘ng mehmonlar juma namozini o‘qish uchun Imom Buxoriy masjidida yig‘ildi. Ibodat avvaida shayx Alijon Qori ma’ruza qildi.
