AQSH delegatsiyasi Samarqandga keldi
2026-06-18 19:00:00 / Yangiliklar

Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etgan AQSH Eksimbanki prezidenti va raisi
Jon Yovanovich, Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Ben Blek, AQSH – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm hamda AQSHning qator yetakchi kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya Samarqandga keldi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari dastlab Imom Buxoriy majmuasida bo‘lib, ushbu betakror obida bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, mehmonlar Amir Temur maqbarasi, “Registon” maydoni, “Bibixonim” madrasasi kabi Samarqanddagi boshqa tarixiy-madaniy obidalarni tomosha qilishadi.
